0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

15:49
Atir haqida antiqa 11 fakt
1. Kichik shisha idishida atir ishlab chiqarish uchun juda ko`p mahsulotlar ishlatiladi. Masalan, 5 mg yasmin guli moyini olish uchun 150 kg (2,5 million) yasmin guli kerak bo`ladi.

2. Atirning asosiy mahsuloti 20% ni tashkil qilsa, qolgan 80% spirt bilan to`ldiriladi.

3. O`rta darajadagi atir ifori 2–7 soatgacha etadi. Qimmatroq parfyumlar esa bir sutkagacha saqlanishi mumkin.

4. Atirlarning qadog`idagi yozuvga ahamiyat bering. «Parfum» – eng sifatlisi, «Eau de Parfum» – sifat darajasi o`rtamiyona, «Eau de Toilette» – hidi uzoq saqlanmaydigan atir turi, keyingi o`rinlarda esa sprey va odekolon turadi.

5. Pardoz vositalari savdosida ekzotik iforli atirlar birinchi o`rinda tursa, keyingi navbatda sitrus mevali, tropik o`rmon o`simliklari, dengiz ifori, so`ng shirin ta`mli parfyumeriya vositalari turadi.

6. Har bir atirda uch hil ifor ko`rinishi mavjud. Dastlabkisi, atir idishini ochishingiz bilan dimoqqa uriladi. Keyingisi – uzoq saqlanuvchi hid turi, eng so`ngisi esa atir idishida saqlanadigani hisoblanadi.

7. Atir tanlayotganda bir-ikki tomchisini qo`l kaftiga tomizib, engil ishqalang.

8. Agar bu sprey ko`rinishidagi ifor bo`lsa, qo`l yoki badanga sepib tajriba qilmang. Yaxshisi, havoga seping-da, ifor tarqalgan tarafga yuring. Havoga tarqalishiga ko`ra hidini aniqlashingiz mumkin.

9. Atir harid qilayotganingizda hamyoningizga ozroq qahva solib oling. Hid bilish sezgisi pand bersa, qahvadan hidlab, yana tanlovni davom ettirishingiz mumkin.

10. Harid qilingan atirni yorug`lik nuridan panada, salqin haroratda saqlagan ma`qul.

11. Yuvinganingizdan so`ng, nam badanga atir sepib, so`ng kiyinsangiz yoqimli hidi to`g`ri taqsimlanadi.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 503 | Добавил: Umarcheek | Теги: Atir haqida antiqa 11 fakt | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: