15:47 Asaldan 25 ta shifobaxsh resept | |
Asalning shifobaxsh xususiyatlari haqida juda ko`p yozish mumkin. U foydali shirinlik hamda dori sifatida har bir uyda bo`lishi kerak. Etti mo``jizaning biri bo`lgan asal turli kasalliklarga darmon bo`lishda chinakam mo``jiza ekani qadimdan isbotlangan. Oshqozon yarasi bezovta qilganda… …ertalab va kechqurunlari bir choy qoshiq asalni og`izga solib, shimib yurilsa, foyda qiladi. Bola kechalari ko`p yig`lab chiqsa… …vaqti-vaqti bilan labiga asal surting. Kattalarga ham uyqusizlikda asal yordam beradi. Buning uchun valeriana eritmasini asalli suvga qo`shib ichish kerak. Ko`rish qobiliyatini yaxshilash uchun… …asalni qizil sabzi sharbatiga qo`shib, doimiy ravishda ichib yurish lozim. Bosh og`risa… …bo`yimodaron (tsyachilistnik) damlamasiga asal qo`shib, soch ildizlariga surtiladi. Qondagi gemoglobin darajasini ko`taradi… …agar kefirga asal aralashtirib ichsangiz. Tomoq og`rig`i va gaymoritda… 1 l. qaynagan suvga 100 gr. asal va 50 gr. tuz qo`shing. Ushbu aralashma bilan tomoq va og`iz bo`shlig`i g`arg`ara qilinsa, yallig`lanish jarayonini to`xtatadi. Burunga olib chayilganida esa gaymoritni davolashda ko`maklashadi. Qon bosimini tushiradi… …agar asalni yalpiz va kashnich sharbatiga aralashtirib ichilsa. Tishlaringizni oqartirishni istasangiz… …asalga erqalampir (xren) sharbatini aralashtirib yuving. Teri kuyishi va boshqa muammolarida… …shivit suviga asal qo`shib, yaraga qo`yib bog`lansa, yordam beradi. Qovug`i bo`sh bolalarga… …doimiy ravishda no`xat, asal va petrushkani aralashtirib berib turilsa, peshob tutishni yaxshilaydi. Yo`tal bezovta qilsa… …iliq sutga asal solib iching. Grippning oldini olish uchun… 200 grammdan asal va sariyog`, 20 gr. un va uch dona tuxum sarig`ini qo`shib, ko`pirtiring. Aralashmani muzlatkichda saqlang. Kuniga 3 mahal 1-3 choy qoshiqqa 1 tomchi lyugol eritmasidan solib, ovqatdan oldin qizil sabzi yoki limonli suv bilan iching. Yuz terisini tozalash uchun… …50 grammdan asal va bodring suvini aralashtirib surting. Yarim soatdan so`ng yuvib tashlang. Ajinlarni yo`qotish uchun… …25 gr. asalga bitta tuxum sarig`i, yarim choy qoshiq gliserin solib aralashtiring. Tozalangan yuz terisiga surtib, 15 daqiqadan so`ng yuving. Furunkul va yaralarda… 1 osh qoshiq asalga 2 ta tuxum sarig`i, yarim choy qoshiq tuz va ozroq un solib, xamir qoring. Xamircha furunkul va boshqa yaralarga qo`yib bog`lansa, ularni oson bartaraf etadi. Buyrak muammolarida… Asalni na`matak damlamasiga qo`shib ichilsa, buyrakni quvvatlantirib, tuzlari chiqib ketishida yordam beradi. Xotira zaiflashsa… 200 grammdan asal, piyoz suvi va limon aralashmasini ovqatlanish vaqti 1 osh qoshiqdan eb turilsa, xotirani mustahkamlaydi. Mastit davosi Asalni zaytun yog`i bilan aralshtirib, ko`krakka kompress qilinsa, mastitni davolaydi. Miomaga qarshi chora Jo`ka (lipa) asali bilan miomadan qutulish mumkin. Buning uchun har kuni 2-3 qoshiqdan shu asalni iste`mol qiling. Propolisini esa dokaga o`rab, 1 hafta davomida kechasi qin ichiga qo`yiladi. 3 kun dam olib, yana bir haftalik davolash muolajasi o`tkaziladi. Jigar uchun foydasi Tvorogga asal qo`shib iste`mol qilinsa, jigarga foyda. Kosmetologiyada… 3 osh qoshiq tvorogga ozroq qaymoq va 1 osh qoshiq asal qo`shib, quyuq aralashma tayyorlang. Uni yuz va bo`yin terisiga surtsangiz, tiniqlashtiradi, yuz mushaklari tonusini yaxshilaydi. Har qanday yuz terisiga to`g`ri kelaveradi. Bu qiziq! • Qadimgi Misrda asal qimmati pulga tenglashtirilgan. Bu an`ana keyinchalik Rimga ham o`tgan. U erda jarima pul, mol-xol yoki asal bilan to`langani ma`lum. • 1 kg. asal olish uchun asalarilar 4.500 marta uchib, 6-10 mln. guldan nektar yig`adi. • Asal keltiruvchi arilar umuman uxlamaydi. Diqqat! Choy asalning foydasini kamaytiradi. Shuning uchun asalni suvga qo`shib ichish kerak. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |