Marokand.Net - Мултимедный Портал » AQShlik fuqaro e`tiborsizlik sabab farzandini nobud qildi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

17:22
AQShlik fuqaro e`tiborsizlik sabab farzandini nobud qildi
21 iyun kuni 33 yoshli Mayl Tedford
ismli yigit avtomobilida ikki katta
farzandini bog`chaga tashlab
kelgach, uyga qaytib kelib, uyquga
ketgan. Bir necha soat uxlab
turgandan keyin avtomashinaning
orqa o`rinidig`ida olti oylik qizchasini
qoldirgani yodiga tushgan. Bu paytda
tashqarida havo Selsiy bo`yicha 32
darajani tashkil qilgan.

Texas shtatining Dallas shahrida
yashovchi yigit avtomobilda qizib
ketgan olti oylik qizchasini
muzlatkichga sovutishga qo`yib, uning
o`limiga sabab bo`lganligi tufayli
qotillikda ayblandi, deb xabar berdi
“Lenta.ru” nashri.
Yigit hushidan ketgan qizchani o`ziga
keltirishga harakat qilgan va uni
sovitish uchun ma`lum vaqtga
muzlatkich ichiga solib qo`ygan.
Birozdan keyin bolani muzlatkichdan
olgan ota uning nafas olmayotganini
ko`rib, sun`iy nafas berishga harakat
qilgan, ammo bu narsa bolaga yordam
bermagan. Shundan keyin u rafiqasiga
va shoshilinch tez yordam xizmatiga
qo`ng`iroq qilgan.

Voqea joyiga etib kelgan polisiya
xodimlari vaqtincha ishsiz bo`lgan
o`qituvchi Tedfordni qamoqqa olgan.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 532 | Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: