13:22 AQShda keksa egizak opa-singillar bir kunda fojiali halok bo‘ldi | |
AQShda keksa egizaklar bir kunda fojiali halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. The Washington Post nashriga ko‘ra, 97 yoshli Jeyn Xeyli va Marta Uilyams Rod-Aylend shtatidagi uylari yaqinida istiqomat qiladigan uchinchi singillari bilan kechki ovqatga boradi. Ovqatlanishdan so‘ng u opalarini Jeynning uyi oldida qoldirib, jo‘nab ketadi. Politsiya Marta Uilyams mashinasiga yo‘l olayotganida yo‘lda yiqilganini bildirmoqda. Jeyn Xeyli esa unga yordam berishga urinib, qoqilib tushgan bo‘lishi mumkin. ![]() Ikki ayol ko‘chada, sovuq haroratda qolib ketgan. Ertasiga tongda ularni qo‘shnilari topib olgan. Manba: Daryo.uz
| |
|
Всего комментариев: 0 | |