Marokand.Net - Мултимедный Портал » Amerikalik uch dugona 100 yoshga to`lganliklarini birga nishonlashdi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

06:52
Amerikalik uch dugona 100 yoshga to`lganliklarini birga nishonlashdi
Vashingtonlik uch dugona 100 yoshga
to`lganliklarini birga nishonlashdi,
deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Bernis Grayms Andervud, Gledis Ver
Batler va Rut Xemmett ismli qalin uch
dugona 1916 yilning iyun va iyul
oylarida dunyoga kelishgan.

“100 yoshga kirish hammaga ham
nasib qilmaydi. Qolaversa, yaqin uch
dugonalar bir asrlik tug`ilgan kunlarini
har kuniyam nishonlayvermaydi” deb
ta`kidlaydi nashr.

Bayram tantanalari mahalliy
cherkovlardan birida bo`lib o`tgan. Ular
bu tantanada to`rtinchi dugonalari
Leona Barnsning ham qatnashishiga
umid qilishgan edi, ammo u may oyida
tug`ilgan kuniga ikki oy qolganda vafot
etgan.

Uzoq umr ko`rgan buvijonlarni
tabriklash uchun 200 ga yaqin odam
yig`ilgan, shu bilan birga ularning
farzandlari, nevaralari, chevaralari ham
tashrif buyurishgan. 100 yillik tavallud
ayyomlarini nishonlayotgan
buvijonlarni mashhur siyosatchilar,
boshlovchi Opra Unfri ham
muborakbod etgan. Buvijonlar uzoq
umr ko`rish sirlarini “Tangrining
marhamati” deb izohlashgan.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 444 | Добавил: ADMIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: