Marokand.Net - Мултимедный Портал » Aktyor Farrux Soipov san’atni tark etdi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

18:26
Aktyor Farrux Soipov san’atni tark etdi
“Kelgindi kelin”, “Kelgindi
kuyov”, “Sotqin” kabi
filmlardagi ijrosi bilan tanilgan
aktyor Farrux Soipov nafaqat
kinoni, balki umuman san’at
olamini tark etgan. Bu haqda
“Darakchi.uz” xabar
bermoqda.

Xabar berishlaricha, rejissor
Rustam Sa’diyev tomonidan
suratga olingan
“Sotqin” (2015-yil) filmi —
Farrux Soipov ishtirok etgan
so‘nggi film bo‘lgan.

Bir o‘g‘il va bir qizning otasi
hisoblangan Farrux Soipov
hozirda tijorat bilan
shug‘ullanmoqda. U aynan
qaysi sohada tijorat bilan
bandligiga aniqlik kiritilmagan.

“Sayyod.com” sayti muallifi
Farrux Soipovning san’atdan
ketishi sabablarini “san’atda
ko‘paygan nopokliklar va
nohaqliklar” bilan bog‘lagan.

“Farruxning dunyoqarashi
so‘nggi yillarda ancha
teranlashib, u ko‘p narsani
o‘ziga ep ko‘rmaydigan bo‘la
boshlagan edi. Shuning uchun
ham uning bu qarori to‘g‘ri”,
— deb yozgan “Sayyod.com”
muallifi.
Категория: Shou-Biznes yangiliklari | Просмотров: 458 | Добавил: ADMIN | Теги: Aktyor Farrux Soipov san’atni tark | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: