08:17 Aktrisa Rayhon Ulasenova “Dugonajonlar” serialida suratga tushmoqda | |
Aktrisa Rayhon Ulasenova “Dugonajonlar” nomli teleserialda suratga tushmoqda. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi. Aktrisa Instagram’da e’lon qilgan suratiga shunday tagso‘z qoldirgan: “‘Dugonajonlar’ milliy seriali. Syomka jarayoni”. Aktrisa o‘z muxlislarining: “Serial qachon ekranlarga chiqadi?”, degan ketma-ket savollariga ham alohida javob qaytargan. Azizlar, serial ekran yuzini ko‘rishiga ancha bor. Tasvirga olish ishlaridan so‘ng montaj, dublyaj… Xullas, premyeradan avval albatta aytaman. Boringizga shukr! Rayhon Ulasenova, aktrisa Manba: Daryo.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |