Marokand.Net - Мултимедный Портал » Abdulla Qurbonov nima sababdan qamalgani haqida gapirib berdi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

11:13
Abdulla Qurbonov nima sababdan qamalgani haqida gapirib berdi
Qo`shiqchi Abdulla Qurbonov “Shok.uz” nashriga bergan intervyusida qamalgani sababiga oydinlik kiritdi, deb yozadi “Daryo”.

San`atkorning so`zlariga ko`ra, yaqin tanishlaridan biri uni to`yga chaqirish bahonasida uyiga mehmonga kelganida, qo`shiqchining rad etishiga qaramay, unga giyohvand moddani “hadya tariqasida” bergan.

Abdulla Qurbonov avvallari “bu narsa”ni to`ylarda, ulfatlar bilan o`tirishlarda qabul qilganini tan oldi, lekin o`sha paytda tashlaganini, sog`lig`i ham ko`tarmasligini ta`kidlab o`tdi.

“Oradan 5—10 daqiqa o`tgach, xodimlar kirib keldi… Tan olishim kerak, oldinlari chekkan bo`lsam, chekkanman. Lekin men ularga buni olib kelinglar demaganman, buni zalda ham (sud zalida) aytganman. Ammo qonun hamma uchun bir xil ekan”,—deydi Abdulla Qurbonov.
Категория: Shou-Biznes yangiliklari | Просмотров: 457 | Добавил: ADMIN | Теги: Abdulla Qurbonov nima sababdan qama | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: