Marokand.Net - Мултимедный Портал » 94 yoshli “kung-fu buvi” butun qishloq ahlini qo`rquvga soladi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

11:40
94 yoshli “kung-fu buvi” butun qishloq ahlini qo`rquvga soladi
Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Chjenszyan viloyatining Ninxay tumanida yashovchi 94 yoshli keksa ayol Xitoy jang san`atini mukammal darajada biladi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Mahalliy aholi uni “kung-fu buvi”, deb ataydi.

“Kung-fu buvi”ning ismi Chjan Xeksian bo`lib, u to`rt yoshidan boshlab jang san`ati bilan shug`ullangan. Keksa ayol har kuni ertalab tongni kung-fu mashqlari bilan boshlaydi.

“Onam juda erta uyg`onadi va har kuni jismoniy mashqlar bilan shug`ullanadi. Mashq qilib bo`lgach, piyoda qishloqni aylanadi. Onam yoshligida qishloq aholisini bezori va bosqinchilardan himoya qilgan. Uning uzoq umr ko`rishiga atrofdagi odamlarga beminnat yordam berishi sababchidir”, deydi uning o`g`li Fen Chuanin.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 391 | Добавил: ADMIN | Теги: 94 yoshli “kung-fu buvi” butun qish | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: