Marokand.Net - Мултимедный Портал » 256 yil yashagan xitoylik o‘limidan oldin buning sirini aytib ketgan ekan
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

10:31
256 yil yashagan xitoylik o‘limidan oldin buning sirini aytib ketgan ekan
Bugungi uzoq yashovchilarning umri
o‘rtacha 120 yilni tashkil etadi. Ular
jahonga ma’lum bo‘lgan, eng uzoq
yashagan inson – Li Sin’yun ko‘p yashash
bo‘yicha o‘rnatgan rekordni yangilashlari
uchun yana shuncha yillar yashashlariga
to‘g‘ri keladi. Ha, bu inson 256 yil
umrguzaronlik qilgan!

Bu lof emas, aksincha olim va jurnalistlar
tomonidan chuqur o‘rganilgan haqiqat.
Zero, 1930 yilda New York Times gazetasi
tomonidan nashr etilgan maqolada
yozilishicha, Chengdu Vu universitining
professori Chung-sze Xitoy imperator
xonadoniga tegishli tarixiy yozuvlarni
o‘rganayotib g‘ayrioddiy dalilga duch
keladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Xitoy imperator
xonadoni 1827 yilda Li Sin’yunni 150
yoshi bilan qutlab maktub yo‘llaydi. Oradan
50 yil o‘tib, 1877 yilda xuddi shunday
qutlov xati Li Sin’yunga 200 yoshga kirishi
munosabati bilan yo‘llangan.

New York Times gazetasining jurnalisti
1928 yilda yozishicha, u Li Sin’yun haqida
uning qo‘ni-qo‘shnilaridan so‘rab-
surishtirganida uni bilgan keksa insonlar
ularning ota-bobolari ham bolalik
kezlaridan Li Sin’yunni yaxshi bilganlari,
o‘sha kezlarida ham u katta yoshli odam
bo‘lganini aytishgan.

Li Sin’yun dorivor giyohlar savdosi bilan
shug‘ullangan. 10 yoshidan boshlab tog‘-
toshlarda giyoh tera boshlagan Li Sin’yun
bu o‘tlar unga uzoq yil umr kechirishiga
yordam berishini anglagan. U deyarli 40 yil
mobaynida faqatgina linchji, godji urug‘i,
yovvoyi jenshen giyohlaridan iste’mol qilib,
guruch vinosidan ichib, parhez saqlagan.

Li Sin’yun 1749 yilda 71 yoshda Xitoy
armiyasiga jang san’ati muallimi sifatida
qabul qilinadi.

Li yirik oilaning boshlig‘i bo‘lgan. U 23
marotaba turmush qurgan va 200 dan
ziyod farzandning otasi bo‘lgan.

U yashab o‘tgan hudud aholisining
so‘zlariga ko‘ra, Li bolaligidanoq o‘qish-
yozishni o‘rgangan va giyoh izlash
barobarida 10 yoshiga qadar Gansu,
Shansi, Tibet, Annam, Siam hamda
Manjuriya kabi o‘lkalarga sayohat qilgan.

Umrining ilk 100 yilligida Li Sin’yun dorivor
o‘tlar savdosi bilan shug‘ullangan. So‘ngra
u giyohlarni boshqalardan sotib ola
boshlagan. Ayniqsa, linchji, godji urug‘i,
yovvoyi jenshen, xi shu vu, osiyo sentellasi
(Gotu Kola) giyohlari uning savdo
faoliyatida muhim o‘rin egallagan.
Ba’zi bir ma’lumotlarga qaraganda
tog‘larda giyoh izlab yurgan Li 500
yoshdagi insonni uchratadi va undan
uzoq umr ko‘rish sirlarini, jumladan sigun
nafas olish mashqlarini o‘rgatib, parhezga
oid tavsiyalarni beradi.
«Men bu dunyoda qilishim lozim bo‘lgan
ishni qilganim uchun ham uzoq yashadim.
Endi esa uyga ketish fursati keldi», degan
ekan Li Sin’yun umri adog‘ida. Ehtimol, bu
so‘zlar uzoq va baxtiyor umrning eng
muhim sirlaridan biridir? Biz esa taraqqiy
etgan jahonda umrimizni infraqizil nurli
yuqori texnologiyalar hamda zamonaviy
dori-darmonlar yordamida uzaytirishga
urinayotganimiz qiziq holat.
Kunlardan bir kuni Lidan uzoq umr
ko‘rishning siri to‘g‘risida so‘ralganida u
quyidagicha javob bergan: «Yurakni
osoyishtalikda saqlang, toshbaqa misol
o‘tiring (bir joyda uzoq o‘tirib qolmang),
kabutar kabi doimo tetik yuring va soqchi
it kabi hushyor yoting».
Lining tasdiqlashicha, ichki olam va
xotirjamlikning to‘g‘ri nafas olish
mashqlari bilan uyg‘unlashuvi uzoq
yashash uchun juda muhim. Uning
parhezi ham uzoq yashashida muhim o‘rin
tutgan. Ajablanarli tomoni shundaki, Yer
yuzidagi bizga ma’lum bo‘lgan eng uzoq
umr yashagan inson shuncha yil
umrguzaronlik qilgani sababini o‘zining
aqliy holati bilan ham bog‘lagan. Ya’ni,
uning fikricha, vaqt o‘tib insonning aqliy
salohiyati pasayib borgani sayin o‘lim xavfi
tobora oshib boradi. Shu bois, aqliy
mehnatni ham kanda qilmang.
Bugun jahon miqyosida o‘rtacha umr
ko‘rish miqdori 65 yilni tashkil etadi va
bugungi odamlar hatto 100 yoshdan
keyin ham yashash mumkinligiga shubha
bilan qarashadi. 200 yildan uzoq umr
ko‘rgan insonni tasavvur qilish esa
odamlarga go‘yoki qadim afsonadek gap.
Biz mashaqqatli ish grafigi asosida
ishlamaydigan, umri kreditni to‘lash
tashvishlaridan xoli bo‘lgan, shaharning
ifloslangan havosidan nfas olmaydigan va
muntazam jismoniy harakatdagi
odamlarning bo‘lgani va bugun ham
borligini hisobga olishimiz kerak. Ular
qayta ishlangan shakar, un yoki boshqa
iste’mol mahsulotlariga bizchalik
mukkasidan ketishmagan. Ular qo‘llarini
taomga bizchalik ko‘p cho‘zishmaydi.
Uzoq yashaydiganlar yog‘li ovqatlarni,
shirin desert va geni o‘zgartirilgan
mahsulotlarni yeyishmaydi. Ular spirtli
ichimlik ichib, tamakiga bog‘lanib
qolishmagan. Ularning taomlarining
tarkibi zararli moddalardan xoli va tana,
immun tizimiga ta’sir qiluvchi tabiiylikka
to‘la.
Uzoq yashovchi insonlar umrlarining bir
qismini tabiat bag‘rida o‘tkazadilar, ruhiy
zavq olib, to‘g‘ri nafas olish texnikasi bilan
shug‘ullanadilar. Bu esa ularning ruhiy,
hissiy salomatliklari uchun juda muhim.
Ya’ni, hammasi insonning o‘z tana
salomatligiga nisbatan to‘g‘ri
munosabatiga bog‘liq. Shunda, ehtimol,
insonlar bir vaqtlarda bo‘lgani kabi yana
500 yillar umr kechirishi mumkin bo‘lar.

Manba: Erkak.uz
Категория: Foydali Maslahatlar | Просмотров: 772 | Добавил: ADMIN | Теги: 256 yil yashagan xitoylik o‘limidan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: