Marokand.Net - Мултимедный Портал » 2000 yillarning eng go`zal ayollari
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

15:15
2000 yillarning eng go`zal ayollari
Ayshvariya Ray

Sharq madaniyatiga, kinosiga muxlis bo`lgan G`arbni hind aktrisasi Ayshvariya Ray o`zining go`zalligi bilan maftun etdi. U 1994 yilda “Dunyo go`zali” nomiga ega bo`lgach, hind filmlarida suratga tusha boshladi va tez oradi Bollivud yulduziga aylandi.

Anjelina Joli

Go`zal ayollar doimo ommaning e`tiborida bo`lib kelgan. Anjelina Joli ham shular jumlasidandir. Anjelinaning muxlisalari esa plastik jarrohlarni sevimli aktrisalariga o`xshash uchun iltimosga ko`mib tashlagan. Uning yuz tuzilishi, labi, bodom qovog`i XXI asr boshlarida go`zallik timsoliga aylandi.

Eva Mendes

Lotinamerikalik go`zal, kubalik muhojirlarning qizi bo`lgan Eva Mendes asrimizning eng go`zal ayollaridan biri hisoblanadi. Gollivud rejissyorlari uning aktyorlik mahoratini tan olmagani uchun u uzoq vaqt epizodik rollarni o`ynab, o`rtamiyona aktrisa bo`lib yurdi. “Mashg`ulot kuni” filmidagi roli esa uni dunyoga tanitdi. Eva Mendes o`zining tabiiy go`zalligidan samarali foydalanadi.

Monika Beluchchi

Monika Beluchchi bir nigoh tashlashi bilan insonni o`ziga jalb etadi. Aynan tashqi qiyofasi bilan filmga jon bag`ishlaydi. Monika malika rolidan tortib, oddiy xizmatkor rollarini ham ijro etgan.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Shou-Biznes yangiliklari | Просмотров: 1502 | Добавил: ADMIN | Теги: 2000 yillarning eng gozal ayollari | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: