Marokand.Net - Мултимедный Портал » 18 yoshli hindistonlik yigitning 18 santimetrli dumi olib tashlandi
0
0
Закрыть меню
Видео Музыка Фото Новости Статьи Лучшие посты Hi-Tech События Общество Равлечения Люди

10:04
18 yoshli hindistonlik yigitning 18 santimetrli dumi olib tashlandi
Hindistonning Maxarashtra shtatida yashovchi, bir umr dumini yashirib kelgan yigitning 18 santimetrli dumi olib tashlandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Nashrning ma`lumot berishicha, yigitning ota-onasi bu dumni baxt-saodat belgisi deb qaragan bo`lsa-da, uning o`zi dumidan uyalib, kiyimi bilan berkitib yurgan. Yigit 18 yoshga to`lganda, uning o`tirishiga, yotishiga xalaqit qilib, og`riq berayotgan dumdan qutulishga qaror qilgan.

Dum yigit tug`ilgandayoq mavjud bo`lib, o`shanda ota-onasi uni jarrohlik yo`li bilan olib tashlashga ko`nmagan. Doktor Pramod Jiri (Pramod Giri)ning ma`lumot berishicha, operasiya muvaffaqiyatli o`tgan, yigit endi noqulaylik sezmaydi. Uning aytishicha, shuncha yillik tibbiy tajribasi davomida ilk marotaba bunday anomaliyaga duch kelgan. Yigitning dumi boshqa dumli odamlarnikidan uzunligi bilan farq qilgan.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 490 | Добавил: ADMIN | Теги: 18 yoshli hindistonlik yigitning 18 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail: